Prezident elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. U 2025-yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish, dedi davlat rahbari.
Prezident energiya samaradorligini oshirishga doir yig‘ilishda enegriya iste’molida o‘g‘irliklar ko‘payganini ta’kidladi. U buni noqonuniy ulanishlarning oldini olish bilan emas, oqibatiga qarshi kurashilayotgani bilan izohladi. Energiya sarfini qat’iy nazorat qilish, mas’ullar javobgarligini oshirish zarur, dedi u.
Prezident issiq oylarda obyektlarni sovutishga qishdagi bilan bir xil energiya sarflanayotganini ta’kidlab, ayrim binolar uchun energiya samaradorligi bo‘yicha texnik shartlar ishlab chiqishni topshirdi. “Tejash yo‘qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo‘lishi shart”, — dedi u.
Prezident elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Unga ko‘ra, mazut va ko‘mir 2 yilga bojdan ozod qilinadi, ko‘mir importi uchun 3 yilga revolver kreditlar beriladi. 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.
Prezidentga iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Energiya auditini o‘tkazishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yiladi, rahbarlarga energiya samaradorligi bo‘yicha KPI`lar o‘rnatiladi, tashkilotlar, hududlar va binolar uchun energiya iste’moli reytingi joriy etiladi.
Energetika vazirligi va JB jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish loyihasini taqdim etdi. Kelgusi besh yilda shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalarida termoizolyatsiya, ventilyatsiya, konditsionerlik yaxshilanadi, shuningdek, ko‘mir qozonlari quyosh kollektorini isitish tizimlariga almashtiriladi.
Jahon banki jamoat binolarining energiya samaradorligini oshirish va “yashil” energiyaga investitsiyalarni jalb qilish uchun 143 mln dollar kredit ajratdi. Shuningdek, landshaftlar barqarorligini oshirish va o‘rmonlarni qayta tiklash uchun 142 mln dollar taqdim etdi.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi uchta «xrushchyovka» ko‘p qavatli uylarni isitish loyihasi doirasida bazalt plitalari bilan qoplanmoqda. Maqsad — poytaxt aholisi chiroqsiz va issiqliksiz qolib ketgan qishki inqiroz takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. «Gazeta.uz» ishlarning borishi va odamlar fikri bilan tanishdi.
Energiya samarador uy — bu qanday uy? Juda kam miqdorda energiya iste’mol qiladigan, o‘z iste’moli uchun energiyani o‘zi ishlab chiqaradigan, issiq suv bilan ta’minlangan va issiqlikni yo‘qotmaslik xususiyatiga ega bo‘lgan qishloq yoki shahar turar-joy binosini tasavvur qiling. O‘zbekistonda ilk bor ana shunday namunaviy uy BMTTD va GEF mablag‘lari hisobidan Nurafshonda qurib bitkazildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting